26 sentabr, duşanba kuni Berkli şahrida (Kaliforniya ştati) Jahon akademik sammitiga start berildi. Bu haqida Britaniyaning Times Higher Education (THE) jurnali tomonidan taşkil etiladigan yillik tadbirning matbuot relizida ma'lum qilindi. 

Dunyo mamlakatlaridagi eng yirik oliy ta'lim muassasalarining 200dan ortiq vakillari iştirok etayotgan sammit bu yil Berklidagi Kaliforniya universitetida bölib ötmoqda. 28 sentabr kuni öz işini tugallaydigan uç kunlik sammitda oliy ta'lim muassasalari, ilmiy institutlar, öquv birlaşmalari va xususiy sektor xodimlari özaro fikr va ğoyalar almaşişadi hamda muhim masalalarni muhokama qilişadi. 

Bu yilgi yiğiliş dunyoning yetakçi oliy ta'lim muassasalari faoliyati va jamoatçilik qiziqişlarining özaro aloqasiga bağişlanadi. Berklidagi Kaliforniya universiteti rektori Nikolas Dirksning sözlariga köra, bugungi kunda "global muammolarga qarşi faoliyat muvaffaqiyati butun dunyo oliy ta'lim muassasalarining hamkorlik qiliş, harakatlarni töğri yönaltiriş va özaro bilim almaşiş  xususiyatlariga boğliq". "Global muammolarning yeçimlari izlanayotgan hozirgi vaqtda yetakçi universitetlarning kelajagi nafaqat xususiy va davlat ta'lim muassasalari orasidagi munosabatlar rivoji, balki  butun dunyo universitetlarining hamkorligini talab qiladi", - dedi rektor.