Hyperloop vakuum poyezdi loyihasining investoriga aylangan rossiyalik işbilarmon Ziyavuddin Magomedov Moskva va London örtasida trassa yaratiş imkoni mavjud, deb hisoblaydi. Bu haqida u Financial Times'ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Tadbirkorning sözlariga köra, yaqin 15 yil içida ikki poytaxt örtasida Hyperloop maydoni bunyod etilişi mumkin. Oradagi masofani bosib ötiş uçun 2,5 soatgina vaqt sarflanadi.
Hyperloop vakuum poyezdi konsepsiyasi 2013 yilda Tesla Motors va SpaceX kompaniyalari rahbari Ilon Mask tomonidan işlab çiqildi. Taxminlarga köra, maxsus kapsulalar siqilgan havo va past bosim hisobiga quvurlar böylab soatiga 1 200 kilometr tezlikda harakatlana oladi.
2016 yilning may oyida Hyperloop One Nevadada kelajak poyezdining tezlik mexanizmini sinovdan ötkazgan. Öşanda Rossiya temir yöllari uşbu loyihaga qiziqiş bildirgan edi va bu borada maxsus guruh tuzilgandi. Rossiya transport vazirligida Hyperloop loyihasini Primoreda amalga oşiriş mumkinligi aytildi.












