Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) Angliya terma jamoasi boş murabbiyi Sem Ellardaysning korrupsiyaga aloqadorligi böyiça xabarlar çiqqaç, bu borada tekşiruvlar boşlagan. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatdi.
Bundan oldinroq, The Telegraph naşri mustaqil jurnalistik tekşiruv orqali Ellardaysning korrupsiyaga aloqadorligi haqida xabar tarqatgandi.
Jurnalistlarning vakillari Ellardays bilan 2 marta uçraşişgan va ular xitoylik biznesmenlarning vakillari sifatida unga APLdagi transferlarda iştirok etiş orqali pul taklif etişgan. 61 yoşli mutaxassis 400 ming funt evaziga transferlar böyiça muzokaralarga ta'sir körsatişi mumkinligini bildirgan.
Bundan taşqari, Ellardays Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA)ning öyinçilar transferidan uçinçi şaxslarga futbolçining huquqiga ega bölişni taqiqlovçi qoidalarni çetlab ötiş yöllari haqida sözlab bergan.
FA The Telegraph jurnalistlaridan bu iş böyiça barça materiallarni taqdim etişni söragan.












