AQŞ prezidenti lavozimiga nomzodlar Hillari Klinton va Donald Tramp 26 sentabr kuni Nyu-Yorkdan 40 km uzoqlikda joylaşgan Hempsted şahridagi Hofstr universitetida birinçi marta teledebatlarda yuzma-yuz uçraşdi.
Saylovda respublikaçilar partiyasidan nomzod bölmiş Donald Tramp teledebat vaqtida aytdiki, AQŞ "dunyo politsiyaçisi" rolini bajara olmaydi.
"Biz dunyo politsiyaçisi vazifasini bajara olmaymiz. Biz butun dunyodagi mamlakatlarni himoya qila olmaymiz. Qolaversa, ular bizga tölaşmaydi", degan Tramp.












