Turkiya hukumati davlat töntarişiga uriniş taşkilotçisi deb hisoblanuvçi Fathulla Gulen bilan aloqadorlikda gumon qilib 121 kişini qidiruvga berdi. Bu haqda Associated Press xabar bergan.

Ma'lum qilinişiça, politsiya mazkur şaxslarni mamlakatning 18ta şahri böylab qidiriş işlarini olib bormoqda.

Avgust oyi örtasida Turkiyaning Kastamonu viloyati hududida politsiya Fathulloh Gulenning qarindoşi bölmiş teleboşlovçi va advokat Kemal Gulenni hibsga olgandi.  

Kemal Gulen öz qarindoşi uyida uşlangandi. U bu yerda 15 iyuldan buyon yaşirinib kelayotgandi. Uni terrorizm bilan kuraş bölimining hududiy boşqarmasi idorasiga olib borişgan.

16 iyulga ötar keçasi Turkiyada davlat töntarişiga uriniş röy berdi. Istanbul va Anqaradagi töqnaşuvlar davomida tinç aholi vakillaridan 246 kişi qurbon böldi, 2 mingdan ziyod kişi jarohatlandi. Isyonçilarning yöqotişlari hisob qilinmagan.