"Liverpul" jamoasi boş murabbiyi Yurgen Klopp "Mançester Siti" jamoasi yarim himoyaçisi David Silvani Angliya çempionatidagi eng sevimli futbolçisi sifatida bilişini bildirdi.
"Menga David Silva yoqadi. U qoyilmaqom futbolçi, u muvaffaqiyatlarga erişgan, u juda tajribali va futbolni töğri tuşunadigan futbolçi. Uning nomi "Mançester Siti"ning katta jamoaga aylaniş davri bilan boğlanadi, u bu davrdagi muhim işlarni bajargan.
Umuman olganda, boşqa jamoalarning futbolçilariga qiziqmaganim yaxşi. Ularga yöl qöyib bersang, sen uçun xavfli futbolçiga aylanişadi, - deya Kloppning sözlarini keltirgan goal.com.











