Qozoğiston davlat rahbari Nursulton Nazarboyev Singapurning katta faxriy vaziri, şahar-davlat parlamenti a'zosi Go Çok Tongni qabul qildi, deya xabar qilmoqda Oqörda matbuot xizmati.
Uçraşuvda iqtisodiyotning turli sohalarida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilingan.
Qozoq davlat rahbari Singapurning innovatsiya, texnologiya va moliyaviy sohalardagi tajribasini e'tirof etgan.
"Garçi Singapur şahar-davlat bölsa-da, u samarali taraqqiyot modeli sifatida dunyoning köplab mamlakatlari uçun namuna böldi. Bizlarning davlatçilikni barpo etiş yöllarimiz ham köp jihatdan öxşaş. Şu sababli, turli xil dastur va strategiyalarni işlab çiqişda biz Singapur tajribasini diqqat bilan örganamiz", – degan Nazarboyev.
Öz navbatida, Go Çok Tong Nursulton Nazarboyevga taklif uçun minnatdorçilik bildirib, iliq qabul uçun taşakkur bildirdi.












