AQŞ suriyalik Başar Asad hukumati bilan uruşda terrorçi guruhlarini qöllab-quvvatlaydi — gap qurol ta'minoti va harbiy mutaxassislarni safarbar qiliş haqida bormoqda. Bu haqida «Jabhat Fath aş-Şom» qömondoni Germaniyaning Kölner Stadt-Anzeiger naşriga bergan intervyusida aytib ötgan.
«AQŞ Suriya muxolifatini qöllab-quvvatlaydi, biroq oçiqçasiga emas», — degan «Jabhat Fath aş-Şom» qömondoni.
«Ular bizni qöllab-quvvatlayotgan mamlakatni qöllaşmoqda. Biroq hozirça bu qöllab-quvvatlaşdan qoniqmadik. Ular bizga yuqori texnologiyali qurolni yetkazib berişi kerak. Biz janglarda raketalar yordamida yengdik. Aynan ular tufayli prezident Asad rejimi bilan kuçlarni tenglaştira oldik. Tanklarni Turkiya va Liviyadan olib kelganmiz. Rejim bizdan faqat jangari samolyotlar, raketa va raketasimon qurilmalar jihatdan ustunroqdir. Biroq Amerikaning TOW raketalari tufayli biz ayrim hududlarni nazorat ostiga olişga muvaffaq böldik», dedi u.
Şuningdek, Abu al-Izzaning qayd etişiça, bu raketalarni amerikaliklar guruhga «töğridan-töğri» ötkazişgan.
Uning aytişiça, «Jabhat Fath aş-Şom» guruhiga Turkiya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Isroil va amerikalik ofitserlar ham yordam berişgan — ular sun'iy yöldoşlar, raketalar, kuzatuvlar ötkaziş kameralaridan foydalaniş böyiça askarlardan maslahatlar olişgan.
«Amerikaliklar hammi?» — deydi nemis naşri jurnalisti Yurgen Todenxefer.
«Ha, — dedi qömondon. — Masalan, bizga şunday deyişdi: Siz 47 batalon uçun tarqatuvçi joy egallaşingiz kerak. Saudiya Arabistonidan biz 500 mln funt oldik. Bunga qadar, islom öquv dargohini egallaş uçun Kuvayt bizga 1,5 mln dinor, Saudiya Arabistoni esa 5 mln dollar ajratgan edi. Bu pullarni guruhga bir şaxs emas, hukumatning özi taqdim etdi», deydi Abu al-Izza.
«Biz rejim barbod bölmagunga qadar kuraşamiz, —dedi qömondon. — Biz Rossiya va Ğarb bilan olişamiz, çunki Ğarb biz tomonda emas. Ğarb bizlarga faqat mujohidlar bu yerga kelib olişi uçun ularni jönatmoqda. Nima sababdan Ğarb bizni çinakamiga qöllab-quvvatlamaydi? Bizning Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Amerika va boşqa ğarb mamlakatlarida juda köp jangçilarimiz bor».
«Qança?» — deb söradi Yurgen Todenxefer. «Juda köp», — dedi Abu al-Izza.
Bundan taşqari, u «Jabhat Fath aş-Şom» guruhi Suriya bilan kelişuvni qöllab-quvvatlamasligini, rejimga kuçiga qarşi keng kölamli hujum ötkazişga tayyorlanayotganini aytib ötdi.












