26 sentabr kuni Ozarboyjonda mamlakat Konstitutsiyasiga özgartiriş kiritiş böyiça umumxalq referendumi bölib ötdi. Markaziy saylov komissiyasi rahbari Mazaxir Panaxov seşanba kungi matbuot anjumanida hozirga qadar byulletenlarning 72,7 foizi tekşirib çiqilgani va saylovçilarning 88,5 foizi prezidentlik muddatining 5 yildan 7 yilga uzaytirilişini yoqlab, 4,7 foiz saylovçi bunga qarşi ovoz berganini ma'lum qildi.
Mazaxir Panaxovning aytişiça, saylovçilarning 84,5 foizi davlat boşqaruvida vitse-prezidentlar institutining kiritilişiga rozilik bildirgan bölsa, 6,8 foiz saylovçi bunga qarşi ovoz bergan.
Şuningdek, saylovçilarning 84,2 foizi prezidentlikka nomzod körsatiş yoşi çegaralanişining olib taşlanişini ma'qullagan.
Markaziy saylov komissiyasi ma'lumotiga köra, ovoz berişda saylovçilarning 69,7 foizi, ya'ni 3,6 mln fuqaro iştirok etgan.
Referendum yakunlari rasmiy ravişda 21 oktabrda e'lon qilinadi.












