Özbekiston Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev "Alkogolli mahsulotlar bilan çakana savdo qiliş qoidalariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida"gi qarorni imzoladi. Bu haqda UzReport xabar bergan.

Kiritilgan özgartirişlarga köra, quyidagi holatlarda alkogol mahsulotlari sotiş taqiqlanadi:
— savdo avtomatlari orqali;
— bolalar öyinçoqlari, konfetlar yoki bolalar assortimentiga kiruvçi boşqa tovarlarni imitatsiya qiluvçi (şularga öxşatib işlangan bölsa) alkogolli mahsulotlar.

Bundan taşqari, savdo qilinayotgan joylarda 20 yoşga tölmagan şaxslarga alkogolli mahsulotlar sotişga yöl qöyilmaydi, şuningdek, alkogolli mahsulotlarning inson soğliğiga zararli ta'siri töğrisidagi ogohlantiruvçi yozuvlar bölişi şart qilib belgilangan.

Alkogolli mahsulotlarning tarasida (tovar-buyum joylanadigan yoki öraladigan qoğoz) alkogolli mahsulotlarni iste'mol qiliş inson soğliğiga zararli ta'sir qilişi töğrisida matn va (yoki) surat şaklidagi tibbiy ogohlantiriş mavjud bölmagan hollarda ham ularni sotiş mumkin bölmaydi.

Yana bir qöşimçaga köra, "Alkogolli mahsulotlar bilan savdo qilayotgan sotuvçi 20 yoşdan kiçikroq köringan xaridordan uning yoşini tasdiqlovçi hujjatni körsatişni talab qilişi, hujjat mavjud bölmagan taqdirda esa alkogolli mahsulot sotişni rad etişi" şart hisoblanadi.