"Bugun barçamiz tadbirkormiz": Mark Tsukerbergning biznes qoidalari
|04:58 / 16.10.20189 95913 min
Facebook asosçisi Mark Tsukerberg insoniyatning umumiy maqsadi va bilimlar iqtisodiyoti haqida sözlaydi, şuningdek ijtimoiy tarmoqlarni deb odamlar real hayotda muloqot qilmay qöyganidan norozi bölayotgan tanqidçilarning tanbehlariga javob beradi.
Tsukerbergda autizmning yengil versiyasi hisoblangan Asperger sindromining ba'zi belgilari kuzatilmoqda. Aytişlariça, unda odamlar bilan muloqot qiliş bilan boğliq muammolar bor — bu ayniqsa özi va boşqalar his-tuyğularini ifodalaşda yaqqol seziladi. Şunisi qiziqki, Tsukerberg aynan butun dunyo odamlariga tanişiş imkonini beriş orqali boyigan. Lekin şu bilan birga, uning işlanmasi tufayli biz ertadan keçgaça öz gadjyetlarimizga termulib ötiramiz va hozir özaro muloqotlarimizning katta qismi real hayotda keçmayapti.
Qanday bölmasin, Mark Tsukerberg - dunyoning eng yoş milliarderlaridan biri. Uning biznesi allaqaçon döstona yozişuvlar uçun ijtimoiy tarmoq darajasiga kötarilgan. Facebook — ulkan şaxsiy ma'lumotlar bazasi, ötgan bahorda Cambridge Analytica bilan boğliq mojaro vaqtida bunga hamma işonç hosil qildi.
2013 yilda Tsukerberg internet.org taşabbusi haqida e'lon qildi. Uning maqsadi — butun dunyo böylab milliardlab kişilarni internetga kiriş imkoni bilan ta'minlaş. "Tasavvur qiling, fermerga ob-havo haqidagi ma'lumotni yoki oddiy darsliklari bölmagan bolalar uçun elektron ensiklopediya öqiş qançalik qiziq böladi", - deyiladi internet.org saytida. Öz navbatida, tasavvur qiling, 5 milliard kişi u tufayli internetga kiriş imkoniga ega bölsa, Facebook auditoriyasi qançalik kengayadi!
Umuman olganda, Mark Tsukerbergni yomon niyatda ayblab bölmaydi. U Bill Geytsga tenglaşmoqda: Giving Pledge taşabbusiga qöşildi va öz boyligining 99 foizini "inson salohiyatini kengaytiriş va tenglikni tarğib qiliş"ga sarflaşni rejalaştirişmoqda. Köpçilik internetga tobelik deb ataydigan narsani esa bilimlar iqtisodiyoti qurilişi deya izohlaydi. Forbes bizning odatlarimizni özgartirgan va onlayn-hayot asosiçilaridan biri bölgan Mark Tsukerbergning qiziqarli fikrlaridan parçalar keltirdi.
Foto: AP/FOTOLINK
Men uçun Facebook doim odamlarni anglatgan. Köpçilik buni ermak, qisqa muddatli maşğulot deb hisoblagandi, şu bois men uni şunçaki yordamçi dastur deb atadim. Şu bilan birga, men tarmoqni yaratiş va munosabatlar örnatiş - odamlar uçun asosiy maşğulotlardan biri ekani hamda bu qisqa muddatli ermak emas, barça zamonlar uçun dolzarb vosita ekanini körsatişga harakat qildim. Jamoani boşqarayotganingizda qandaydir ulkan maqsadni közlaş kerak emas, şunçaki foydali va uzoq muddatli ixtiro qiliş kerak.
Mavzuga oid
Bizning avlod kimlar bilan işlaşiga töğri keladi? Bizning avlod ön millionlab işçi örinlari avtomatlaştirilgan tizimlar, haydovçisiz avtomobillar va yuk maşinalariga almaşişiga guvoh böladi. Biroq bizda busiz ham birgalikda amalga oşiradigan imkoniyatlar mavjud. Har bir avlodning öz loyihasi böladi. Inson Oyga çiqişi uçun 300 ming kişi işlagan. Millionlab köngillilar butun dunyo böylab bolalarni poliomiyelitdan qutqarişgan. Millionlab kişilar Guver töğoni va boşqa katta loyihalarni qurişgan. Bu loyihalar nafaqat ularda iştirok etgan odamlar uçun maqsadga aylangan, balki butun mamlakatimizga buyuk işlar qila olişimiz uçun faxr tuyğusini bergan. Endi esa bunday işlarni qiliş navbati bizga keldi. Ehtimol "Men qanday qilib töğon quriş yoki biror loyihaga millionlab kişilarni jalb qiliş mumkinligini bilmayman", deb öylayotgandirsiz. Biroq bir sir bilan bölişişga ijozat bersangiz: biror işga qöl urilganda uning nima bilan tugaşini heç kim bilmaydi. Ğoyalar bizga töliq tayyor şaklda kelmaydi. Ularning ustida işlasakkina aniqlik yuzaga keladi. Siz şunçaki boşlaşingiz kerak. Agar men boşlaş oldidan odamlarni qanday birlaştiriş haqida bilganimda heç qaçon Facebook'ni yölga qöymasdim.
Filmlar va pop-madaniyat bizga bu qanday işlaşiga doir notöğri tasavvur beradi. Bizga birdaniga kelgan ğoya - xavfli yolğon. Agar biz vaziyatni oldindan köra bilmasak, bunday stereotip özimizni notöğri tutişga majbur qiladi. Bu yaxşi ğoyaga ega kişilarga iş boşlaşga yöl bermaydi.
Innovatsiyalar haqida sözlovçi filmlarda yana nima notöğri, bilasizmi? Heç kim matematik formulalarni şişa oynaga yozmaydi, bunaqasi yöq.
Foto: Stephen Lam/Reuters
Idealist böliş yaxşi, biroq odamlar sizni tuşunmasligiga tayyor turing. Katta vizioner konsepsiyalar bilan işlovçi har qanday insonni hatto haq bölsa-da, kun kelib ahmoqqa çiqarişlari mumkin. Murakkab muammolar kompleksi bilan işlovçi har qanday kişini bu muammolarni umuman tuşunmaslikda ayblaşlari mumkin, holbuki barçasini oldindan bilişning iloji yöq. Taşabbus bildirayotgan har qanday kişini biror işni haddan taşqari tez bajarayotgani uçun tanqid qilişadi, çunki doim sizning amaldagidan sekinroq harakat qilişingizni istovçi kişilar topiladi.
Jamiyatda biror katta iş qilmaymiz, çunki xatoga yöl qöyişdan qörqamiz. Biroq agar heç narsa qilmasak, biz ba'zi narsalar notöğri ekanligini rad etgan bölamiz. Haqiqat şundaki, qilayotgan barça işlarimiz kelgusida qandaydir muammolarga duç keladi. Ammo bu sizni yangi iş boşlaşdan töxtatmasligi kerak.
Nimani kutyapmiz? Bizning avlod uçun nima umumiy buyuk iş böla olişi borasida bir qarorga keladigan vaqt keldi. Sayyorani yöq qilişimizga qadar iqlim özgarişini töxtatiş va millionlab odamlarni quyoş batareyalari işlab çiqariş va ulardan foydalanişga jalb etişga qanday qaraysiz? Barça kasalliklarni davolaş va öz soğliği hamda genomi haqida ma'lumot bilan bölişuvçi köngillilarni jalb qilişga-çi? Bugun biz kasal bölişning oldini oluvçi dori vositalarini izlaşga emas, allaqaçon kasallikka çalingan kişilarga 50 baravar köp mablağ sarflayapmiz. Bu bema'nilik. Biz bu vaziyatni tuzatişimz kerak. Demokratiyani har bir inson onlayn ovoz bera oladigan darajada modernizatsiya qilişga nima deysiz? Har bir inson ta'lim oliş imkoniga ega böliş uçun ta'limni personallaştirişga-çi? Bu bizning qölimizda. Keling, jamiyatda har bir insonning öz roli bölişi uçun qöldan kelgança harakat qilaylik.
Muhim loyihalarga kirişib, har bir inson öz maqsadini his qiliş uçun birinçi qadamni taşlaymiz. Ikkinçi qadam — tenglikni qayta körib çiqiş va har bir insonga öz oldiga maqsad qöya olişi uçun erkinlik beriş. Ota-onalarimizning aksariyati butun kareralari davomida barqaror işda işlaşgan. Bugun kompaniya oçişimiz yoki unda işlaşimizdan qat'i nazar, barçamiz tadbirkormiz va bu ajoyib.
Biz barçamiz faqat ğoya yaxşi bölgani yoki köp işlaganimiz uçungina muvaffaqiyatga erişmaganimizni bilamiz. Omadimiz kelgani uçun ham muvaffaqiyatga erişganmiz. Agar men butun vaqtimni dasturlaştirişga bağişlaş örniga oilamni qöllab-quvvatlaşim kerak bölganida barçasi boşqaça bölişi mumkin edi. Hatto Facebook inqirozga yuz tutsa ham, işlarim joyida bölişiga işonçim komil bölmaganida, men hozir bu yerda turmagan bölardim. Töğrisini aytiş kerak, qançalik omadimiz kelganini barçamiz yaxşi bilamiz.
Foto: Reuters
Bizning mahsulotlarimiz ezgu maqsadlarda işlatilişiga işonç hosil qilişni istayman. Kunimga yakun yasayotib, kimdir meni nimadadir ayblaşi haqida öylamayman. Facebook'da hammasi mutlaqo töğri va yaxşi bölişi mumkin emas. Bu odamlar. Odamlar undan yaxşi maqsadlarda ham, yomon maqsadlarda ham foydalanadi. Biz ana şu yaxşilik yoki yomonlikning tarqalişi uçun javobgarmiz, şu bois yomonlikni kamaytiriş yölida imkon qadar harakat qilyapmiz.
Texnologiyalar insonlar imkoniyatlarini oşiradi. Odamlarning ijobiy va salbiy jihatlari bor. Men texnologiyalar insonlar imkoniyatlarini yaxşilaşiga işonaman. Umuman olganda, odamlar yaxşi ekaniga işonaman, şunday ekan, texnologiyalar ijobiy ta'sirga ega böladi.
Qiziq bir tadqiqot bor. Unga köra, bir amerikalikning qiyin vaziyatda murojaat qilişi mumkin bölgan örtaça uç yaqin dösti bor. Şuning uçun men kompaniya içida jamoa tuzdim va savol berdim: "Insonning örtaça yana bir dösti paydo bölişiga erişa olamizmi?" Gap şunçaki odamlar avvaldan biladigan kişilar bilan boğlanişga yordam berişda emas, çin ma'noda ularning hayotida muhim özgariş qilişda.
Imkon qadar tezroq öqib örganiş — kompaniyamiz strategiyasi asoslaridan biri. Bu "Okey, şu tariqa biz eng yaxşi messenjerni quramiz yoki şunday qilib biz eng yaxşi yangiliklar lentasini tuzamiz" singari har qanday aniq strategiyadan muhimroq. Odamlar bizga aytgan gaplar bilan imkon qadar tezroq örganuvçi moslaşuvçan kompaniya quriş lozim.
Facebook'da muhandislarimiz, begona kompaniyalar va foydalanuvçilarga katta erkinlik taqdim etamiz. Ular özlari kerak deb hisoblagan işlarini qilişi mumkin va biz ularga işonamiz. Mening ğoyalarim va takliflarim hamda xodimlar va taşqi foydalanuvçilar örtasida muvozanat mavjud. Öylaşimça, ma'lum bir darajadagi çetlaşuv muhim.
Menejment san'ati ajoyib qarorlar uçun superboşqaruvçini jalb qilişda emas, odamlarga özingiz rozi bölmagan işlarni ham qilişga imkon berişdadir. Zero bu ijodiy jarayonni rivojlantirişga turtki beradi, odamlar esa qandaydir yangi işga qöl ura olişi mumkinligini his qilişadi. Eng qiziği, bu muvaffaqiyat olib kelişi mumkin, hatto siz dastlab buni qöllab-quvvatlamagan bölsangiz ham.
Har qanday inson ötirib, biror nima ixtiro qilişi hamda uni butun dunyo böylab millionlab kişilar bilan bölişişi mumkinligi juda zör va buning uçun deyarli heç narsa kerak emas - faqat dasturiy kod va texnologiya.
Agar siz işni 13 yil ilgari yotoqxonadan boşlagan bölsangiz, ijtimoiy tarmoqni yaratiş töğri ğoya bölgan. 10 yil avval, hoynahoy, ijtimoiy aloqalar uçun mobil ilova yaratiş töğri qaror bölgan. Hozir öylaşimça, yanada maxfiy muloqot uçun jihoz yaratiş ahamiyatli bölar edi.
Doim aytaman - faqat özingiz yollangingiz kelgan odamlarni işga yollang. Muqobil sayyorada men bunday odamlarga işlaşni özim uçun şaraf deb bilgan bölardim. Fikrimça, bu qandaydir taşqi mentorlarga ega bölişdan köra köproq ahamiyatga ega.
Tadbirkorlar qilişi kerak bölgan eng qiyin narsa — özlariga juda yoqadigan narsani tanlaş, uning ustida işlaş, lekin işga tuşgunga qadar unga töliq "şönğimaslik".
Har bir yangi texnologiya borasida xavotirlaniş odamlarga xos. Tanqidçilar biz bir-birimiz bilan gaplaşiş örniga şu texnologiyaga köp vaqt ketkazayotganimizdan taşvişlanişadi. Bu bizni yolğizlantiradi. Biroq odamlar öz xususiyatlariga köra ijtimoiy. Aslida agar texnologiya bizga bir-birimizni yaxşiroq tuşunişga yordam bermasa, u yaxşi iş bermaydi va muvaffaiyatga erişmaydi. Ilk kitoblarni misol qiliş mumkin. Işonç bilan aytişim mumkinki, öşa davrda ham odamlar "Bir-birimiz bilan gaplaşiş mumkin bölgan bir vaqtda kitoblarning bizga nima keragi bor?" deyişgan. Boşqa bir insonning tajribasiga çuqur şönğiş uçun öqiş kerak, şundaymi? Gazetalar, telefonlar yoki televizorlar bilan ham xuddi şunday. Tez orada virtual reallik (barçani birlaştiruvçi) şu texnologiyaga aylanadi.
Foto: EastNews
Bizning kelajagimiz - bu bilimlar iqtisodi. Agar biz barçani tarmoqqa ulasak, ham ularning, ham özimizning hayotimizni yaxşilaymiz, zero biz ularning ğoyalari va samaradorligidan yutamiz. Barçaga ulaniş imkonini beriş — bu bilimlar iqtisodi poydevori. Bu şunçaki qilinişi maqsadga muvofiq bölgan iş emas - bu fundamental va zarur qadam.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi