NASAning AQŞ Florida ştati Kanaveral burni yaqinidagi Kennedi kosmik markazi — global iqlim özgarişlari tufayli suv ostida qoladi, deb xabar qilmoqda Gizmodo sayti kosmik agentlik vakillariga tayangan holda. 

Jahon okeani sathining kötarilişi aksariyat uçiriş maydonlari va fazogirlar tayyorlanadigan köplab majmualarining suv ostida qolişiga olib kelişi bilan xavotirlidir. Şu bilan birga, bu markazning sohilböyida joylaşişi aholi punktlari xavfsizligini ta'minlaş uçun zarur. Hozirda, bu holatning oldini oliş maqsadida töğonlar barpo etilmoqda, ayrim muhim idoralar mamlakat içkarisiga köçirilmoqda. Ammo, global havo harorati kötarilişi töxtamasligi hisobga olinsa, AQŞ mavjud majmualarni boy beradi. 

NASA strategik infratuzilmalari boşqarmasi xodimi Kim Tufektisning sözlariga köra, agentlik Kennedi markazining kelajagi tahdid ostida ekanini juda yaxşi anglab turibdi. Biroq, Florida universiteti olimlarining işonç bildirişlariça, bu muammoga yaqin vaqtgaça panja ortidan qarab kelingan. Xatarning jiddiyligi «Sendi» töfonidan keyin yaqqol közga taşlangandi. Dovul oqibatida kosmik majmuaga talofat yetgan edi. 

Hozirda, Kennedi markaziga asosan dengiz sathining kötarilişi va tölqin quvvatining oşişi xavf solayapti. Mamlakat hukumati, bosqiçma-bosqiç ravişda majmuani sohilböyidan köçiriş ustida iş olib bormoqda.