Turkmaniston poytaxti Aşxobod şahrida özbek kinosi kunlari bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Mazkur tadbir Özbekiston va Turkmaniston hukumatlari örtasida 2014-2016 yillarga möljallangan madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik dasturiga asosan “Özbekkino” milliy agentligi, Özbekistonning Turkmanistondagi elçixonasi hamda “Turkmanfilm” birlaşmasi hamkorligida taşkil etildi.
Özbek kinosi kunlari dasturi kinorejissyor Qamara Kamolovaning “Unutma meni” badiiy filmi bilan oçildi. Uşbu film davlat buyurtmasiga asosan 2012 yilda “Şod” ijodiy uyuşmasida işlab çiqarilgan bölib, unda endigina dunyoni anglab kelayotgan jajji bolalarning hayoti va içki dunyosi haqida hikoya qilinadi.
Tadbir doirasida mamlakatimiz kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan «Xazonrezgi», «Zarb», «Parizod», «Sehrli qalpoqça», «Ota», «Hayotda...» kabi badiiy filmlar namoyiş etildi.
Özbek kinosi kunlari mobaynida “Turkmanfilm” birlaşmasi faoliyati bilan tanişuv, ikki mamlakat kinematografçilari iştirokida ijodiy uçraşuv, filmlar muhokamalari kabi qator tadbirlar ötkazildi.











