Xitoyning Çjetszyan viloyati milliarderlar soni böyiça dunyoda ikkinçi örinni egalladi, deb xabar qilmoqda CNN telekanali.

Hurun Report oylik jurnali ma'lumotlariga köra, Çjetszyanning 72 nafar fuqarosi kamida bir milliard dollar boylikka ega. Şunday qilib, uşbu viloyat va uning poytaxti Xançjou şahri milliarderlar soni böyiça AQŞning Kaliforniya ştatiga imkoniyatni boy bermoqda. 

Xabarlarga binoan, Çjetszyanda Xitoy aholisining 5 foizi va mamlakatdagi badavlat insonlarning 15 foizi istiqomat qiladi. 

Masalan, Xançjouning maşhur fuqarolaridan biri, xitoylik milliarder, Alibaba internet-giganti asosçisi Jyek Madir. Tadbirkorning ta'kidlaşiça, viloyat tadbirkorlari öz muvaffaqiyatlari bilan mintaqaning boy madaniy merosi hamda qulay juğrofiy joylaşuvi oldida qarzdordir. 

Çjetszyan şuningdek, Neyl Şen (Sequoia Capital China), Din Ley (NetEase), Frenk Van (DJI), Li KuFu (Geely Auto Group) kabi boylarning ham vatanidir.