AQŞ prezidentligi uçun Respublikaçilar partiyasi nomzodi Donald Trampning bayonot berişiça, uning prezidentlik da'volari butun dunyoga emas, faqatgina Qöşma Ştatlarga tegişlidir. Tramp Ayova ştatidagi saylovçilari bilan ötkazgan uçraşuvida şunday fikrlarni bildirdi, deb xabar qilmoqda WOWT 6 News.
Uning fikriça, AQŞga «taşqi, iqtisodiy, muhojirlik va savdoga oid yangi siyosat kerak».
«Men dunyo prezidenti bölmoqçi emasman. Men nomzodimni AQŞ prezidentligi uçun ilgari surayapman. Va men sizlarning manfaatlaringizni himoya qila olaman... 8 noyabr kuni ajoyib kun böladi. Respublikaçilarning Oq uyga qaytadigan vaqti keldi», — degan tadbirkor.
Şu bilan birga, u Demokratik partiyadan raqibi Hillari Klintonni öz mamlakati manfaatini himoya qilmaydigan «globalçi ayol» deb atagan. Tramp öz fikrining isboti sifatida Iroq, Suriya, Liviyadagi vaziyatlar, Eron bilan yadro kelişuvini keltirdi, deb yozmoqda RIA Novosti.












