Şanxay xalqaro tadqiqotlar universiteti qoşidagi Markaziy Osiyo davlatlari tadqiqot markazida joriy yilning 4 dekabrida bölib ötadigan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlarga bağişlangan brifing bölib ötdi. Bu haqda "Jahon" axborot agentligi xabar bergan.

Tadbirda Xitoy ekspert-akademik davrasi vakillari, şuningdek, ŞXTU özbek tili kafedrasi mutaxassislari iştirok etgan. Brifing davomida iştirokçilar saylovlarni ötkaziş böyiça faol saylovoldi kampaniyasi boşlangani, kuzatuvçilarning, davlat rahbarligiga öz nomzodlarini ilgari surgan siyosiy partiyalarning bu jarayondagi majburiyatlaridan xabardor bölişdi.

Brifing iştirokçilari Özbekistondagi Prezidentlik saylovlari borasidagi fikrlari bilan örtoqlaşişdi.

Agentlik ulardan ba'zilarini keltirgan.

"2014-2015 yillardagi parlament va prezidentlik saylovlari monitoringida iştirok etgan universitetimiz ekspertlari saylov jarayoniga jalb etilgan barça tuzilmalarning aniq faoliyati, saylov tizimining umume'tirof etilgan xalqaro me'yorlarga töliq mos kelişiga şaxsan işonç hosil qilişgan.

Işonçim komilki, navbatdagi prezidentlik saylovlari ham şaffof muhitda ötadi, barça nomzodlarga teng şaroitlar yaratiladi", — degan ŞXTU partiya qömitasi kotibi Tszyan Fen.

Şuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari tadqiqot markazi direktorining örinbosari Yan Bo ham öz fikrlarini bildirib ötgan. 

"Mustaqillik yillari davomida Özbekistonda ulkan özgarişlar yuz berdi. Mamlakatda barqaror iqtisodiy ösiş va makroiqtisodiy barqarorlik kuzatilmoqda. Keng miqyosdagi obodonlik işlari hamda şahar va qişloqlar qiyofasini tabiat çiroyini saqlab qolgan holda zamonaviy inşootlar quriş orqali özgartiriş işlari olib borilmoqda.

Har qanday rivojlangan demokratik davlatda bölgani kabi Özbekistonda ham bölajak saylovlarda barça siyosiy partiyalar vakillarining iştirok etişlari uşbu jarayonning barça iştirokçilariga bir xil şaroit yaratiş qoidasiga qat'iy amal qilinganligidan dalolat beradi. Aminmanki, bu safar ham barça nomzodlar saylovoldi kampaniyasi jarayonida ommaviy axborot vositalaridan foydalanişda teng imkoniyatlarga ega bölişadi. Xususan, saylovçilarni mamlakatni ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy rivojlantiriş masalalari böyiça öz qaraş va harakat yönalişlarini qamrab olgan saylovoldi dasturi bilan taniştiriş uçun bir xil hajmda efir vaqti va çop etiş maydoni ajratiladi.