2016 yilning 29 sentabrida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasida “Iş örinlari taşkil etiş va aholi bandligini ta'minlaş dasturining 2016 yil birinçi yarim yilligida bajarilişi töğrisida” parlament eşituvi ötkazildi va kun tartibidagi masala yuzasidan Özbekiston Respublikasi Mehnat vazirining axboroti eşitildi.
2015 yilning 1 yanvaridan boşlab kiçik korxonalar va mikrofirmalar, fermer xöjaliklari uçun yagona ijtimoiy tölov miqdori 25 foizdan 15 foizga kamaytirilganligi, quriliş materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoatidagi kiçik korxonalarda işlovçilar sonini 2 barobarga oşirilişi hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş böyiça kompleks çora-tadbirlarni amalga oşirilişi joriy yilning birinçi yarim yilligida
16,4 mingta kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari taşkil etilişiga hamda kiçik biznesning bandlikdagi uluşini 77,3 foizdan 77,7 foizgaça ösişini ta'minlandi. Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik, dehqon va fermer xöjaliklari, uy mehnatini barça şakllarini rivojlantiriş hisobiga 305,4 ming kişining bandligi ta'minlandi.
Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş uçun tijorat banklari tomonidan 8,3 trln.söm kredit mablağlari ajratildi.
Mehnat organlari tomonidan 124,6 ming nafar işsiz fuqaroning (şundan 53,8 mingtasi ayollar, 62,9 mingtasi yoşlar) işga joylaşişiga kömaklaşildi. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi toifalaridan 36,8 ming nafar fuqaro işga joylaştirilgan, 3,5 mingga yaqin işsiz fuqarolar mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblarga öqitildi.













