Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Garet Sautgeyt «MYu» hujumchisi Ueyn Runini milliy terma jamoa sardori sifatida qoldirishga qaror qildi.
BBC xabariga ko‘ra, Sautgeyt Ueynga qo‘ng‘iroq qilib, uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Sautgeyt Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Sem Ellardays iste'foga chiqarilganidan keyin oldindagi 4ta uchrashuvda jamoani boshqaradigan bo‘ldi.
Qayd etish kerakki, Runi so‘nggi o‘yinlardagi ishonchsiz harakati tufayli «MYu»ning asosiy tarkibiga kirmay qolgan va jurnalistlarning tanqidlari ostida qolgan edi.















