Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Duşanbega amaliy taşrif bilan kelgan Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilovni kutib oldi.
Tomonlar tojik-özbek munosabatlarining joriy holati va istiqbollarini muhokama qilişdi hamda uni yanada kengaytiriş yöllarini körib çiqişdi.
Uçraşuv davomida oxirgi vaqtda ikki davlat özaro munosabatlaridagi ijobiy tendensiyalar, jumladan savdo aylanmasi hajmining oşişi, savdo-iqtisodiy hamkorlik hukumatlararo komissiyasi işining faollaşgani hamda doimiy siyosiy maslahatlaşuvlar va yuqori darajadagi muloqotlarni qöllab-quvvatlaş muhimligi qayd etildi.
Tomonlar, şuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qilişdi hamda Markaziy Osiyoda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning boş şarti sifatida mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlaş muhimligiga e'tibor qaratişdi.
Özaro sa'y-harakatlar sohasida köplab narsalarga erişilgani va ikki davlatning tegişli tuzilmalariga davlatlararo aloqalarning butun majmuasini rivojlanişning yangi trayektoriyasiga çiqariş maqsadida rejali işni ötkazişi kerakligi ta'kidlab ötildi.
Tojikiston prezidenti özaro munosabatlar Tojikiston taşqi siyosatida ustuvor xarakterga egaligini qayd qilib ötdi.
Tojik-özbek munosabatlarining butun majmuasini sermazmun ilgari suriş uçun qulay şaroit yaratişning muhim omili sifatida iqtisodiy va savdo hamkorligi darajasini oşiriş birinçi navbatdagi muhim masala sifatida belgilandi.
Şu bilan bir vaqtda, suv-energetika va transport-logistika sohalari, fuqarolarning ikki davlatga özaro taşriflari masalalari faol özaro harakatlarni talab qiluvçi yönalişlar sifatida e'tirof etildi.












