AQŞ prezidentligi uçun Respublikaçilar partiyasi nomzodi Donald Tramp qarorgohi sobiq gubernator Hovard Dinning Tramp borasida aytgan sözlarini tanqid qildi. Din Trampni Hillari Klinton bilan telebahslar boşlanişi avvalida giyohvand modda iste'mol qilişda oşkora gumon qilgan edi, deb yozmoqda Amerikaning Hill gazetasi.

"Diqqat qildingizmi, Tramp doim tortmoqda. Kokain iste'mol qiladimi?" — deb yozgan edi Hovard Din Twitter sahifasida, 26 sentabrda bölib ötgan telebahslarga fikrini bildirar ekan. Söngra, bir paytlar şifokor bölgan Din bu mavzuni MSNBC telekanalida yanada rivojlantirib, Trampning qiliqlarida kokain iste'mol qiluvçilarni yodga soluvçi harakatlar borligini aytgan. 

"Men taşxis qöymayapman, ammo Tramp şunday qilayapti. Men bu masalani yaxşilab öylab körişni taklif qilaman. Qiziq öxşaşlik: u bangilar kabi burnini tortdi. Bundan taşqari, ularga öxşab oğir-bosiqlikni namoyiş etdi, bu masalani undan söraş ajoyib bölardi", — degan Din.

"Gubernator Dinni sözlari çegaradan çiqqan va bizning muhim siyosiy bahslarimizda unga örin yöq. Millionlab amerikaliklar ikki nomzodning siyosatini qiyoslagan bir vaqtda, gubernator Din köça darajasiga tuşib qolgani açinarlidir", — deyiladi Donald Tramp qarorgohi bayonotida. 

Hill naşriga köra, Donald Tramp qaçonlardir kokain iste'mol qilgani xususida ma'lumotlar yöq. Bundan taşqari, Tramp avvalroq, alkogolli içimliklar içmagani va taqiqlangan giyohvand moddalarni iste'mol qilmasligini aytgan edi.