Badiiy gimnastika bo‘yicha 2004 yilgi Olimpiada chepmioni, rossiyalik Alina Kabayeva badiiy gimnastika rossiyalik sportchilarga raqobat yo‘qligi sababli kamroq elementlar bajarilayotgani tufayli Olimpiada dasturidan olib tashlanishi mumkinligidan xavotirlanmoqda.
"Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada albatta qizlarimiz uchun qayg‘urdim, biroq men ishtirok etganda bizlar 18 ta element bajarardik, hozir esa 9 ta element bajarilishidan ranjidim. Soddalashtirish yuz berdi. Sport gimnastikasida amerikaliklar bizdan 2 ball ko‘proq yutayotgan bir paytda, bizga badiiy gimnastikada raqobat bo‘lishi uchun to‘xtashni aytishmoqda, chunki boshqa davlatlar ortimizdan ulgura olmayapti. Biroq baribir raqobat yo‘q – Rossiya yana yutmoqda.
Men bizning sport turi Olimpiada dasturidan olib tashlanmasligi uchun juda qayg‘urmoqdaman. Badiiy gimnastikada raqobat yo‘q emas, u shunchaki soddalashib ketdi. Agar barcha raqs tushib, shu 9 ta elementnigina bajaraversa, bu qiziq bo‘lmaydi. Unda bu sport turi olib tashlanib, o‘rniga akrobatika qo‘shiladi", deb aytdi Kabayeva Birinchi kanal efirida.











