2016 yilning 13 iyulida Buyuk Britaniya boş vaziri lavozimiga Tereza Mey tayinlandi. U sönggi 26 yil içida mamlakat hukumati tepasiga kelgan birinçi ayolga aylandi. 

2016 yilning 1 oktabrida Tereza Mey 60 yoşga töldi. Britaniya yangi boş vazirining tavallud ayyomi  munosabati bilan u haqidagi qiziqarli ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilamiz. 

Tereza Meyning bolaligi, öquvçilik va talabalik yillari Oksfordşir grafligida ötgan. Uning otasi Uitli qişloğida çerkov rohibi bölib işlagan. Tereza graflikning davlat va xususiy maktablarida ta'lim olgan. 1977 yilda u Oksford universitetini tugallagan. 

Mey siyosiy kareraning barça poğonalarini bosib ötgan. U ta'lim, transport, atrof-muhit, oila, madaniyat, mehnat va nafaqa işlari vaziri, şuningdek Konservativ partiya raisi lavozimlarida faoliyat olib borgan. 

"Men insonlar hayotiga real özgarişlar kiritiş va muhokamalarda iştirok etiş uçun siyosat bilan şuğullanişga qaror qildim. Ayol kişi ekanligim menga heç qaçon tösqinlik qilmagan", - deydi Mey.  

2010 yilda sobiq boş vazir Devid Kemeron hukumat tepasiga kelganidan söng Tereza Mey Birlaşgan Qirollikning IIV rahbari lavozimini egallagan va bir vaqtning özida, ya'ni 2010-2012 yillarda xotin-qizlar va teng huquqlilik masalalari böyiça vazirlik boşqaruvini öz qöliga olgan. 

"Men an'anaga köra, erkaklar ustunlik qiladigan ikki sohada işlaganman - avval bank sohasida, keyin esa siyosatda. Ikkalasida ham ayol kişi ekanligim menga tösqinlik qilmagan", - deya ta'kidlaydi Tereza Mey. 

Tereza Meyga qadar hukumatni boşqarganlar orasida faqatgina bir ayol kişi bölgan, u ham bölsa "temir xonim" nomini olgan Margaret Tetçer (1925-2013). U vazirlar mahkamasini 1979 yildan to 1990 yilgaça boşqargan. Meyni doimo Tetçerga qiyoslaşadi, uning özi esa bunday fikrdan yiroq. U "temir xonim"ga yuksak hurmat bilan munosabatda bölişi, biroq siyosatda unga namuna böladigan insonning yöqligini ta'kidlaydi, u öz yölidan borişni ma'qul köradi.