Qirğiz Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev hozirça Moskvaning Markaziy klinik şifoxonasida davolaniş kursini davom ettirmoqda, deya xabar qilgan RIA Novosti agentligi Qirğizistonning Moskvadagi elçixonasi press-attaşesi Gulbarçin Bayimbetovaga asoslangan holda.
Avvalroq, Atambayev salomatligi yomonlaşgani bois, tibbiy körikdan ötiş maqsadida qisqa muddatli ta'tilga çiqqani xabar qilingan edi. Şundan söng, MKŞdan şu haftada javob berilişi va vataniga qaytişi mumkinligi aytilgandi.
"U, bugun heç qayoqqa uçmaydi. U Moskvada", — degan Bayimbetova. Uning sözlariga köra, Atambayev hozirça MKŞda qolmoqda.
"Keça bemorga javob beriş böyiça barça hujjatlarni tayyorlaşayotganini aytişgan edi. Ular juma kuni javob beramiz, deyişgandi, ammo unday qilişmadi", — degan elçixona matbuot kotibi.
Şu bilan birga, elçixona davlat rahbariga şanba kuni javob berilişi mumkinligini aytmoqda. "U yerda elçining özi işlayapti, balki ulgurişar", — deya tuşuntirgan Bayimbetova.












