Fan-texnika | 17:46 / 01.10.2016
8343
2 daqiqa o‘qiladi

Komatsu kompaniyasi haydovchisiz samosvalini namoyish etdi

Bugungi kun avtomobilsozlik sanoatida ko‘plab muqobil boshqaruv tizimiga ega transport vositalari ishlab chiqilmoqda. Ularning ayrimlari mustaqil harakatlanishi mumkinligidan ko‘pchilikning xabari bor. Biroq, ularning salonida hozir ham odatdagidek boshqaruv qurilmalari (rul, pedallar, uzatmalar qutisi richagi kabilar) mavjud. 

Ammo, Komatsu kompaniyasi bu masalada o‘ziga xos inqilob yasadi. Autonomous Haulage Vehicle samosvali — ancha qudratli mashina bo‘lib, 2700 ot kuchiga ega transport vositasi faqatgina mehnat samaradorligini oshirishga mo‘ljallangan. Uning kabinasi va haydovchisining yo‘qligi ham AUV samosvaliga qo‘l keladi. Shu bilan u kabina va haydovchidan iborat ortiqcha bir tonna yukni tashishdan xalos etilgan. 

Aslida yangi mashina haydovchi boshqaradigan rusumlardan birmuncha soddaroq va ishonchliroq harakatlanadi. Haydovchisiz samosval korpusning turli nuqtalariga o‘rnatilgan kameralardan foydalangan holda harakatlanadi. Buning ustiga og‘irlik to‘rtta g‘ildirakka bir xil tushgani sababli, samosval muzli yo‘llarda ham muvozanatini yo‘qotmaydi. 

Autonomous Haulage Vehicle prototipi Las-Vegasdagi ko‘rgazmada namoyish etilgan. Komatsu rahbariyatining ishontirishicha, kompaniya tez orada shu kabi yu mashinalarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. 

Mavzuga oid