“Liverpul”  jamoasi Angliya Premer-ligasining 7-turida safarda “Suonsi”ga qarşi bahs olib bordi.

Uçraşuvning 7-daqiqasida “Suonsi” jamoasi Leroy Ferning goli evaziga hisobda oldinga olib çiqdi, - 1:0. Bu gol birinçi bölimda özgarişsiz qoldi.

Ikkinçi bölimni “Liverpul” ança faol boşladi. “Suonsi” jarima maydonçasi yonida qator vaziyatlarni yaratdi. 54-daqiqaga kelganda Roberto Firmino muvozanatni tikladi, - 1:1. 84-daqiqaga kelganda “Liverpul” hisobda oldinga çiqib oldi. Jyeyms Milner öşa vaqtda penaltidan “Suonsi” darvozasini işğol qildi hamda “qizillar”ni hisobda oldinga olib çiqdi, - 1:2. Qolgan vaqt davomida ikkala jamoa ham gol kiritişning uddasidan çiqa olmadi. Şunday qilib, “Liverpul” çempionatning qatorasiga törtinçi öyinida ham ğalaba qozondi va oçkolari sonini 16taga yetkazib oldi.

Angliya Premer-ligasi.  7-tur

“Suonsi Siti” (Suonsi) – “Liverpul” (Liverpul) – 1:2

Gollar: Fer, 8 (1:0); Firmino, 54 (1:1); Milner, 84 (1:2, pen).

Ogohlantirişlar: Kork, 38; Britton, 53 – Xenderson, 25; Starrij, 39.