Linçepingdagi (Şvetsiya) Universitet tadqiqotçilari itlarda inson bilan döstlaşişga moyillik uyğotuvçi genlarni aniqlaşdi. Olimlar öz xulosalarini Science Reports jurnalidagi maqola orqali ma'lum qilişdi. 

Mutaxassislarning sözlariga köra, ularning maqsadi itning paydo bölişiga olib kelgan börining uy hayvoniga aylanişidagi genetik asoslarni aniqlaş bölgan. Olimlar öz izlanişlarida maxsus labaratoriya şaroitlarida parvariş qilingan 437 biglni (it zoti) örganişgan. Har bir itni notaniş tajribaçi bilan bir xonaga joylaştirişgan. Jonivorlarga içida yegulik bölgan 3ta plastik konteyner körsatişgan, ulardan birini faqat insongina oçişi mumkin bölgan. 

Yegulikni oliş uçun itlarga 3 daqiqa berilgan. Aksariyat hollarda jonivor insondan yordam berişni söragan, bunda u insonga termulib, unga sakrab muloqotga kirişgan. Biroq ba'zi bigllar konteynerni özlari oçişga harakat qilişgan. 

Tadqiqotçilar ijtimoiy hamkorlik uçun eng yaxşi 95 va eng yomon 95 itni tanlab olişgan. Jonivorlardan DNK namunalari olingan va har bir guruhdagi itlarga qanday gen turlari xos ekanligini aniqlaşgan. 

Natijalar şuni körsatdiki, inson bilan muloqotga moyilligi bölgan jonivorlarda har biri kamida 5tadan genga ega ikki genom sohasi mavjud. Ana şu 5 gendan 4tasi inson genlariga yaqin bölib çiqdi, ulardagi mutatsiyalar ijtimoiy tartibsizliklar, masalan, autizm xavfini oşiradi. 

Tadqiqotçilarning ta'kidlaşiça, genetikaning döstona munosabatga hissasi 30 foizni taşkil qiladi (boşqa omillarga tarbiyani misol qiliş mumkin). Bundan taşqari, itlarning inson bilan yaqinlaşuviga önlab yoki yuzlab inobatga olinmagan genlar sabab bölişi ehtimoldan xoli emas.