Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volkswagen AQSh dilerlariga 1,2 mlrd dollar tovon to‘laydi
Germaniyaning Volkswagen avtomobilsozlik konserni “dizel mojarosi”dan zarar ko‘rgan AQShlik dilerlarga 1,2 mlrd dollar miqdorida tovon puli to‘laydi. Ushbu ish bo‘yicha da'volar Kaliforniya shtati San-Frantsisko shahri sudida ko‘rib chiqilgan.
Endilikda, mazkur bitimni hakam rasman tasdiqlashi kerak bo‘ladi. Ayni vaqtda, tovon puli oladigan dilerlarning aniq soni keltirilmagan. Ammo, Associated Press agentligiga ko‘ra, xohlagan avtomobil sotuvchisi ushbu kelishuvdan chiqib, konsernga nisbatan xususiy tartibda da'vo arizasi topshirishi mumkin.
AQSh hukumati va Volkswagen rahbariyati o‘rtasidagi bitimga muvofiq, Germaniya konserni ekologiya me'yorlarini buzganligi uchun 15 mlrd dollarga yaqin tovon puli to‘laydi. Mazkur kelishuv tasdiqlanishi kutilayotgan sud majlisi oktabr oyida bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Mavzuga oid
22:32 / 07.07.2026
AQSh 100 yil ichida birinchi marta dumaloq bo‘lmagan tanga chiqaradi
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026