Ispaniya janubidagi Veles-Malaga şahridagi kafelardan birida gaz balloni portlaşi oqibatida kamida 77 kişi jarohat oldi. Bu haqda Andalusiya viloyati favqulodda xizmatlari vakiliga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Portlaş La Bohemia deb nomlangan kafeda 1 oktabrda keçga yaqin yuz bergan, deb xabar bermoqda La Opinion de Malaga. Barça jabrlanuvçilar şahar şifoxonalariga yetkazilgan. 20 kişi tibbiy yordam körsatilgaç qöyib yuborilgan, 4 kişi jiddiy jarohat olgan. Köpçilik jarblanuvçilarda kesik va lat yeyiş jarohatlari qayd qilingan.