Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev Moskvadan Bişkekka yetib keldi. Bu haqda Atambayev devonida ma'lum qilindi.
"Davlat rahbari samolyoti bugun Bişkekning Manas aeroportiga qöndi", deb ma'lum qilindi xabarda. 1 oktabrda Atambayev Moskvadagi şifoxonada davolangandan keyin çiqarib yuborilgandi.
Atambayev 23 sentabrdan Moskvadagi Markaziy klinik şifoxonada davolaniş kursidan ötgan. Bunga Atambayevning 19 sentabrda Istanbul aeroportida Nyu-York ketadigan samolyotga ötirayotganda özini yomon his qilgani sabab bölgan. Keyinroq Atambayevda yurak bilan boğliq muammolar aniqlangan.












