AQŞ prezidentligi uçun respublikaçilar partiyasidan nomzod bölgan Donald Tramp Manheymda (Pensilvaniya ştati) öz raqibi Hillari Klintonga taqlid qildi. Bu haqda RealtimePolitics xabar tarqatgan.

Siyosatçi çiqişi vaqtida Klinton xonim 11 senyatbr kuni Nyu-Yorkda 15 yil oldingi fojia qurbonlariga bağişlangan marosimni esga olgan.

«Turli muammolarga qarşi turişini kutayotganingiz bu ayol öz maşinasigaça 15 futlik masofani ham mustaqil yurib öta olmadiku», — degan Tramp va mikrafondan bir neça qadam joygaça munkaygança yurib borib, betob Klintonni gavdalantirib bergan.

Qayd etiş kerakki, Tramp avvaliga bu voqeaga munosabat bildirişdan tiyilayotgan, öz raqibiga soğliq tilagandi.