Qadimda bir podşoh ötgan ekan. Bir kuni u tunda körgan tuşidan ta'sirlanib uzoq öy suribdi va vazirini çaqirib: “Tayyorlan! Saroydan taşqariga çiqamiz”, debdi.
Birozdan söng ikkovlon oddiy kiyinib, yölda ketib borardilar. Bir qişloqqa yetganlarida podşoh tuşida körgan joyni tanib qoldi. Atrofda odam köp, hamma öz işi bilan band. Şundoqqina yerda bir odamning jasadi yotar, heç kim unga e'tibor ham bermasdi. Şunda podşoh odamlardan söradi: “Bu kimning jasadi, birodarlar? Nega u bunday xorlikda yotibdi?”
“E, söramang, mehmon! Bu uyatsiz bir aroqxörning jasadi”, deb javob berdi bir odam. “U mening qirq yillik qöşnim edi. Tan oliş kerak, juda mohir taqaçi bölgan. Ertadan to qora keçgaça tinim bilmay işlar, ammo qayerdaki aroq bölsa, bor-budini berib bölsa ham sotib olardi. Uyiga fohişalarni boşlab kelişdan ham toymasdi, bugun bittasini, ertasiga boşqasini... Agar işonmasangiz, boşqalardan ham sörang, marhumni biror marta jamoat bilan heç kim körmagan...”.
Bir fursatdan keyin odamlar tarqalib ketişdi.
— Yuring, şohim, biz ham ketaylik, — dedi vazir.
— Yöq! — dedi podşoh. — Men körgan tuşimning hikmatini hali tuşuna olganim yöq. Jasadni olib ketamiz. Sen ğam yema, uni yuvib, kafanlab kömişni özim uddalayman. Faqat yuviş uçun joy topsak, kifoya...
Ikkovlon jasadni kötarib, narigi qişloqdagi masjid sari yöl oldilar. Jasadni kafanlar ekan, marhum yuzidagi nurni, lablaridagi ma'noli tabassumni körib xayollaridan: «Bu odam qöşnilari aytganidek yomon kimsaga öxşamaydi-ku», degan öy ötdi. Barça işlar bitgaç, vazir: “Şohim, bu odam töğrisida yangliş fikr eşitmadikmikin? Marhumning yaqinlari, bola-çaqalarini suriştiriş kerak şekilli, — dedi. “Töğri aytasan”, dedi podşoh. “Sen şu yerda tur, men uning uyiga borib kelaman.
Podşoh sörab-suriştirib, marhum yaşagan uyni topdi. Eşikni oçgan ma'sumagina ayol şohning sözlarini diqqat bilan tinglar ekan, musibatni mardona qarşilaşga harçand urinsa-da, közidan oqqan şaşqator yoşlarini tiya olmadi.
— Mening erim özi bir olam edi, — dedi ayol. — Ertadan keçgaça tinim bilmay işlab, topgan puliga uyga aroq olib kelardi. Keyin bularni hamqişloqlarim içmasin, deya hojatxonaga tökardi. Ba'zida uyimizga axloqi buzuq ayollarni ham yetaklab kelardi va «Men sizlarning vaqtingizni sotib oldim-a?», deb sörardi. Ulardan tasdiq javobini olgaç, «Endi mana bu yerda ötirib, tinglanglar», derdi. Men esa ularga imon-e'tiqod haqida Alloh qodir qilganiça örgatardim. Erim qişloğimizdagi masjidga bormas, ibodat uçun qöşni qişloqdagi masjidga qatnardi. Sababini sörasam, «Şunday imomning ortida turib ibodat qilginki, quloq qoqqaningda qarşingda Ka'bani körgin», degan edi… Odamlar erimning işlarini notöğri tuşunişardi. Bu haqda unga köp aytganman. Bir kuni: “Qöşnilar siz haqingizda yomon öylaşyapti, işqilib janozangiz örtada qolmasa edi”, dedim. Şundan keyin erim özi uçun qabr kovlab qöydi. Men yana e'tiroz bildirdim: “Qabr kavlaş bilan iş tugamaydi, axir sizni kim yuvib, kim kafanlaydi, kim kömadi?”, dedim. “Xöş-xöş, u nima dedi?”, şoşib söradi podşoh. “U tabassum qilib, «Axir Xudo bor-ku, xotin. Mening öligim köçada qolmaydi! Odamlar bölmasa, podşoh bor!..”, dedi...











