Buyuk Britaniya hukumati Pxenyanning yadroviy qurolga egalik qiliş istagining tezda amalga oşişida Eron yo Rossiya yordam bergan bölişi mumkinligidan xavfsiramoqda. The Sunday Telegraph şu haqida xabar berdi. 

Naşrning Buyuk Britaniya hukumatidagi manbalari şimoliy koreyalik olimlar mamlakatning yadroviy texnologiyaga ega bölişini mustaqil ravişda  ta'minlagani borasidagi ma'lumotni işonçli deb hisoblaşmaydi. Şu munosabat bilan Britaniya TIV amaldagi yoki sobiq yadroviy derjavalarning qay biri KXDRga bunday texnologiyalarni taqdim etgani yoki mamlakatga konsultatsion xizmat körsatgani borasida tergov işi ötkazmoqda. 

"Eron u yoki bu şakldagi yordam körsatganlikda gumon qilinayotgan mamlakatlar röyxatida boşçilik qilmoqda, şuningdek Rossiya ham diqqat markazida", - deya ta'kidlanadi maqolada. 

Maqolada Britaniya hukumatining umidi Pxenyanga yadroviy texnologiyalarning ehtimoliy yetkazib beruvçisini aniqlaş "iqtisodiy sanksiyalarga qaramay, yönalişini özgartirişdan boş tortayotgan rejimga bosim ötkaziş uçun yangi diplomatik imkoniyatlarni oçişi"ga qurilayotgani qayd etilgan.

Ta'kidlaş joizki, 3 sentabr kuni KXDR vodorod zaryadini muvaffaqiyatli sinovdan ötkazgani haqida ma'lum qildi. Xalqaro hamjamiyat bunga keskin munosabat bildirdi. Xususan, AQŞ prezidenti Donald Tramp Pxenyan bilan hamkorlik qiluvçi mamlakatlar bilan savdo aloqalariga butkul nuqta qöyiş masalasini körib çiqayotganini ma'lum qildi.