Eronda Islom inqilobi qöriqçilari korpusi a'zolari AQŞning uşlab olingan droni suratini çop etişdi, deb xabar bermoqda Tashim News agentligi.
Eronliklar tomonidan uşlab olingan dron MQ-1C Predator dronining takomillaşgan versiyasi – MQ-1C Grey Eagle bölib çiqqan. Bu model boşqariluvçi raketalar yoki bombalar bilan jihozlaniş mumkin.
Ma'lum qilinişiça, dronni uşlaş tafsilotlari keltirilmagan, biroq körsatilgan fotosuratlarda dronda katta şikastlanişlar borligi körinmagan. Mutaxassislarning fikriça, dron radioelektron kuraş vositalarini qöllagan holda uşlanib, Eronga majburiy ravişda qöndirilgan.














