3 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining videokonferensiya şaklidagi majlisi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritiş böyiça Respublika matbuot markazi xabar berdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Uluğbek Abdusalomov olib borgan majlisda mamlakatning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkazuvçi saylov uçastkalari tuziş, şuningdek, saylov bilan boğliq boşqa masalalar körib çiqildi.

Markaziy saylov komissiyasi Taşqi işlar vazirligining Özbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida saylov uçastkalari tuziş töğrisidagi taqdimnomasini körib çiqib, mazkur vakolatxonalarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkazuvçi 44 ta saylov uçastkasini tuziş va ularni 14-Toşkent saylov okrugiga biriktiriş töğrisida qaror qabul qildi. 

Majlisda siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari töğri töldirilganligini tekşiriş böyiça Markaziy saylov komissiyasi huzurida işçi guruhlari tuziş töğrisida qaror qabul qilindi. 

2-Andijon va 12-Xorazm okrug saylov komissiyalari raislarining Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlikning borişi haqidagi axborotlari eşitildi.

Komissiya a'zolari Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qilgan OAV vakillarini akkreditatsiyadan ötkaziş masalasini ham körib çiqdi.

Majlisda Markaziy saylov komissiyasi vakolatiga taalluqli boşqa masalalar ham muhokama qilindi.

Körilgan masalalar yuzasidan Markaziy saylov komissiyasining tegişli qarorlari qabul qilindi.