Rossiyaning musulmonlar diniy idorasi (MDI) Moskva şahrida yangi masjid qurilişga doir muzokaralar olib bormoqda. Bu haqida Rossiya musulmonlari diniy boşqarmasi rahbari birinçi örinbosari Ruşan Abbyasov xabar berdi. 

"Masjidlar qurilişi mamlakatning barça hududlari uçun dolzarb masaladir. Inqilobga qadar Rossiyada taxminan 15 ming madaniy obekt bölgan, 1991 yilga kelib, ularning soni 100dan kamaygan. Bugun biz poytaxtliklar uçun yana bir katta masjid quriş maqsadida Moskva hukumati vakillari bilan işçi tartibda maydon izlayapmiz, bu loyiha yangi Moskva hududida amalga oşirilişi ehtimoli bor", - deya ma'lum qildi Abbasov. 

Şuningdek, u hozirda köplab şaharlarda olib borilayotgan masjidlar qurilişlari juda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi. 

Abbasovning sözlariga köra, Moskvada 4 masjid faoliyat körsatmoqda, Rossiya va Yevropadagi eng yirik va baland masjidlardan biri hisoblangan Moskva masjidi şular jumlasidandir. Uning ilk binosi 1904 yilda qurilgan, 2011 yilda esa yangi loyiha böyiça quriliş uçun buzilgan. Uşbu masjid 2015 yilning 23 sentabrida oçilgan. U bir vaqtning özida 10 000 nafargaça kişini siğdira oladi.