«Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu Pestana CR7 brendidagi yana bir mehmonxonaning oçiliş marosimida iştirok etdi. 

«Hayot – faqat futboldan iborat emas. Futbol – mening ehtiroslarim, ammo men öz kelajagim haqida ham qayğurişim kerak.

Mening futbolçilik faoliyatimning boşlanğiç qismi Lissabonda keçgan, men bu yerda 7 yil ötkazganman. Men bu şaharda mehmonxona oçiş imkonini qöldan boy bera olmasdim», — degan Ronaldu.

Bungaça futbolçi özi tuğilgan Funşal şahrida ham mehmonxona oçgandi.

Ötgan yili Ronaldu 70 mln yevrolik 4 ta mehmonxona oçişi ma'lum bölgandi.

Mehmonxonalarning 3tasi portugaliyalik futbolçining hayoti va faoliyati bilan çambarças boğliq bölgan Funşal, Lissabon va Madrid şaharlarida oçilişi belgilab olingandi.

Şuningdek, mehmonxonalarning biri Nyu-York şahrida ham oçiladi. Aynan şu yerda Ronaldu professional futbolçilik faoliyatini yakunlaşni maqsad qilgani aytiladi.