Texnologiya | 13:35 / 03.10.2016
5851
2 daqiqa o‘qiladi

The Wall Farm istagan joyingizda o‘simlik yetishtirish imkonini beradi

The Wall Farm vertikal fermasi ikki o‘lchamda taqdim etilgan - birinchi variant (The Wall Farm) 57 xil o‘simlikni o‘zida jamlagan, ikkinchisi esa (The Wall Farm Mini) - 38 xil o‘simlik. Katta o‘lchamdagi versiyada uning egasi o‘zining smartfonidan o‘simliklarni sug‘orish, ular joylashgan maydonning harorati va yorug‘ligini boshqarish imkoniga ega. Mini versiya sohibi esa bu ishlar bilan mustaqil shug‘ullanishiga to‘g‘ri keladi. 

Vertikal ferma qiymati kattaroq model uchun - 799 dollar, kichik model uchun 299 dollarni tashkil qiladi.

Fermalar yer maydonisiz, o‘simlik urug‘lari bilan birga yetkaziladi - ularga alohida buyurtma berish darkor. Ferma egasi obunani rasmiylashtirib, har oy 60 dollarga yetishtirish uchun 20tadan qo‘shimcha to‘plam xarid qilishi mumkin bo‘ladi. 

Foydalanuvchi yetishtirishi mumkin bo‘lgan o‘simliklar orasidan oregano, rayhon, ko‘k piyoz, yalpiz, petrushka, achchiq qalampir, pomidor, qulupnay, salatning turli xillari va bir necha xil gullar o‘rin olgan. Ferma yaratuvchilarining so‘zlariga ko‘ra, ularning turlari muntazam ravishda to‘ldirilib boriladi. 
 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid