Yevropa va Yevrosiyo böyiça AQŞ davlat kotibining yordamçisi Viktoriya Nuland 4 oktabr keçasi Moskvada böladi. Bu haqda axborot manbasi xabar bergan.

«Bugun Viktoriya Nuland AQŞ davlat kotibi Jon Kerri delegatsiyasi tarkibida Bryusselda bölib turibdi. U keçqurun Moskvada böladi», — deb manbadan iqtibos keltirmoqda TASS.

Ma'lum qilinişiça, Nuland bilan uçraşuv 5 oktabr kuni rejalaştirilgan.

Avvalroq Viktoriya Nuland Ukraina şarqidagi vaziyat borasida Minsk kelişuvini amalga oşirilişi yuzasidan muzokara ötkazgani Moskvaga kelayotgani haqida xabar berilgan edi.