Suriya Sayyohlik vazirligi özining Facebook'dagi sahifasida dam oluvçilarni mamlakatga jalb qiliş maqsadida yangi videoni taqdim qildi. Videorolikka ilova qilingan yozuvda tasvirning Halab şahrida olinganligi ma'lum qilingan. Hukumat harbiylari bu şaharni qisman nazorat qilişadi.  

Videoga "Taxtlar öyini" seriali musiqasining gitarada ijro etilgan kaver-versiyasi sadolari hamrohlik qiladi. Videorolik 147 ming marta körilgan va deyarli 1,6 ming marta folloverlar bilan bölişilgan. 

Sentyabr oyining boşida Suriya Sayyohlik vazirligi mamlakatga xorijiy sayyohlarni jalb qiliş maqsadida video taqdim qilgandi. Mazkur videotasma Tartus port şahrida tasvirga tuşirilgan.