AQŞ vitse-prezidenti Jo Bayden mamlakat prezidentligi uçun Respublikaçilar partiyasidan nomzod bölmiş Donald Trampni qoloq kişi deya atadi.

"U yomon odam emas, lekin u öta qoloq odam", degan Bayden Tramp haqida SNN efirida.

Bundan taşqari, Bayden Tarmpni uning öz raqiblari bilan omma qarşisida janjallaşmoqçi bölişini qoralagan.

"Siz prezident yarim keçasi tvitterda zaharli izohlar yozdirib qolişini aqlingizga siğdira olasizmi?", degan Bayden.

Tramp ötgan haftada soat 3:30dan tonggi soat 5:30gaça Hillari Klintonni qöllab-quvvatlayotgan fotomodelga qarşi tvitlar bitib, özining 20 millionlik tarafdorini uşbu modelning qilmişlarini foş etişga çaqirgandi.

Bayden şuningdek, Trampning Rossiyaga moyilligini, soliq hisobotlarini oşkor qilişdan boş tortganini va marhum harbiylarning oila a'zolari bilan janjallaşganini tanqid qilgan.