Eron yaqin 1,5 yil içida özi işlab çiqargan 3 ta sun'iy yöldoşni orbitaga olib çiqmoqçi, deb aytdi Eron koinot agentligi rahbari Muhsin Bahromiy.

Bahromiyning aytişiça, "Şarif Sat" sun'iy yöldoşiga ega raketa mamlakatda qabul qilingan taqvim böyiça joriy yil oxirida, ya'ni 2017 yil mart oyi oxirigaça uçiriladi.

"Naxid-1" va "Amir Kabir" sun'iy yöldoşlari keyingi yil oxirida uçiriladi, deb ma'lum qildi IRNA axborot agentligi.

Bahromiyning ta'kidlaşiça, "Naxid-1" va " Şarif Sat" mos ravişda aloqa va kuzatuv yöldoşlari hisoblanadi. Yaqin kelajakda "Sadr" yöldoşini quriş rejalaştirilgan.

Eron hukumati mamlakatning raketa dasturini faol rivojlantiriş niyatini bildirgan. Bu rejalar ğarb davlatlarining noroziligini keltirib çiqarmoqda. Ularning fikriça, ballistik raketalarning uçirilişi Tehronning yadroviy kelişuv doirasida qabul qilgan majburiyatlariga zid keladi.

Eron hukumati öz navbatida kelişuvlarni buzmayotganini ta'kidlamoqda. Kelişuvlarga köra, yadroviy kallakka ega raketalarni sinovdan ötkazişgina taqiqlangan.