Jahon | 14:19 / 05.10.2016
14335
2 daqiqa o‘qiladi

Klintonning safdoshi Putinni diktator deb atadi

Foto: © RIA Novosti

AQSh prezidentligi saylovlarida demokratlarning vitse-prezidentligiga nomzod bo‘lmish Tim Keyn Rossiya rahbari Vladimir Putinni diktator sifatida bilishini bildirdi. U bu haqda o‘z opponenti, respublikachilar vakili Maykl Pens bilan debat chog‘ida aytgan.

U jurnalist qizning Rossiya va AQSh munosabatlaridagi muammo haqidagi savoliga javoban bu muammo sababchisi sifatida Putinni ko‘rsatgan. Keyn shuningdek, rossiyaliklar prezidenti "yetakchi emas, diktator" ekanini qo‘shimcha qilgan.

«Bunga qo‘shilmaydiganlar Rossiya tarixi va Vladimir Putinni yaxshi bilmaydiganlardir. Hillari Klinton uning qanaqaligini aniq biladi», — degan Keyn.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Demokrat siyosatchi AQSh prezidentligiga respublikachilardan nomzod bo‘lmish Donald Tramp va uning safdoshi Maykl Pens Putinni alqayotgani haqida gapirgan. Buni Pens inkor qilgan.

Qayd etish kerakki, respublikachilar vakili, rossiyaliklar prezidenti amerikaliklar prezidenti Barak Obamadan kuchliroq ekanini aytib o‘tgandi.

Mavzuga oid