Fox News telekanali boshlovchisi, AQShning Rossiyadagi elchisi Jon Xantsmanning qizi Abbi Xantsman AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni diktatorlar deb atadi. OAV ma'lumotlarga ko‘ra, Xantsman buni o‘zi boshlovchilik qiluvchi “Fox & Friends” (Fox va do‘stlar) dasturida ko‘rsatuv mehmoni – moliyachi Entoni Skaramuchchi bilan Tramp va Kim Chen Inning Singapurdagi uchrashuvini muhokama qilayotgan vaqtda aytgan.

“Bu ikki diktatorning uchrashuvida nima yuz berishidan qat'iy nazar, hozir ko‘rayotganimiz – tarixdir”, deb aytgan Xantsman.

Keyinroq Xantsman ushbu so‘zlari uchun tvitterda uzr so‘ragan.

“Hech qachon mukammal inson bo‘lishga da'vogarlik qilmayman. Barchamiz hayotimizda xatoga yo‘l qo‘yamiz, men esa juda ko‘p yo‘l qo‘yaman. Endi haqiqatan ham muhim ahamiyatga ega narsalarga o‘tamiz”, deb yozgan Xantsman.