“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmoği uzoq kutilgan özgarişlarni amalga oşirdi. Biznes uçun guruhlar örniga barça foydalanuvçilar uçun oçiq körinişdagi sahifalar paydo böldi. Sahifalarga ma'lumotlarni ma'muriyat tayyorlaydi va joylaştiradi, obunaçilar esa ularni muhokama qilişda qatnaşişlari mumkin.

Quyida sahifalarning qisqaça tarifi:

Jamoat sahifasi: misol uçun ma'lum mavzulardagi yangiliklar yoki maqolalarni tez-tez çop etiş uçun ayni muddaodir. Taşkilot yoki kompaniya: biznes yoki brendning öz mijozlari bilan aloqa örnatişi uçun yoki notijorat taşkilotlarning internetdagi vakolatxonasi uçun as qotadi. Korxona, idora, joy: turli xil muassasalarga va xaritadagi joylarga töğri keladi, misol uçun kafelar, boğlar, muzeylar, stadionlarga. Bu bölim aynan san'atkorlar, siyosatçilar va musiqiy guruhlar uçun möljallangan. Ular bu yerda öz muxlislari va tarafdorlari bilan muloqot qilişlari mumkin. Qiziqişlar böyiça guruhlar özgarmadi. Bu yerda avvalgiday guruhni yopiş yoki barça foydalanuvçilar uçun körinadigan qilib çop etiş mumkin.

Guruh ma'muriyatiga ötişga yordam beriş uçun “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmoği mavjud guruhlarni ularning sozlanmasiga köra ajratib qöygan. Agar guruh ma'muriyati ijtimoiy tarmoq tanlovi töğri emas deb hisoblasa, ularning özlari sozlanmalarni yana öz örniga qaytarişlari mumkin.

Agar siz ularni xali ham farqlay olmayotgan bölsangiz, “Odnoklassniki”ning maxsus eslatmasiga amal qiling:

1. Sahifalar barça uçun oçiq, ma'lumotlarni esa faqat ma'muriyat çop eta oladi.
2. Guruhlar uning iştirokçilari özaro muloqot qilişlari uçun möljallangan.

Guruh turini faqat siz özgartira olasiz, buning uçun maxsus sozlanmalar bor. Uning turini özgartirganingizda maxsus xabarnoma körsatiladi.