Deputatlar palataning navbatdagi yalpi majlisi oldidan bir qator qonun va kodekslarga tegişli özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi qonun loyihalarini körib çiqişmoqda. 

Xususan, Byudjyet kodeksida közda tutilgan byudjyet va smeta-ştat intizomini, byudjyet sörovi, röyxatdan ötkaziş uçun xarajatlar smetalari va ştat jadvallarini, şuningdek moliyaviy hisobotni taqdim etiş tartibini buzgan hollarda javobgarlikka tortiş maqsadida Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi hamda Jinoyat kodeksining tegişli moddalariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş rejalaştirilgan.

"Mazkur qonunning qabul qilinişi byudjyet va smeta-ştat intizomi buziş huquqbuzarliklarini kvalifikatsiya qiliş borasidagi huquqni qöllaş amaliyotida mavjud qarama-qarşiliklarni bartaraf etişni va bir xilda talqin qilişni, byudjyet töğrisidagi qonun hujjatlarini buziş uçun javobgarlikni tartibga soluvçi töliq va yakunlangan qonunçilik hujjatini şakllantirişni ta'minlaydi. Şuningdek, amaliyotdan kelib çiqqan holda bu özgartirişlar Byudjyet kodeksining alohida normalarini Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeks va Jinoyat kodekslarining tegişli normalari örtasidagi tafovutlarni bartaraf etadi", deydi Qonunçilik va sud-huquq masalalari qömitasi a'zosi Avaz Örinboyev.

Uşbu qonun loyihasi fraksiyalar muhokamasidan söng, palataning navbatdagi yalpi majlis kun tartibiga kiritiladi.

Manba: parliament.gov.uz