Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriya prezidenti mamlakat iqtisodi uchun 2ta samolyotini sotuvga qo‘ydi
Foto: Reuters
Nigeriya prezidenti Muhammad Buxoriy prezident aviaparkidagi ikkita samolyotini sotuvga qo‘ydi. Ushbu qaror uning saylovoldi va'dasi - ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish masalasini amalga oshirish maqsadida qabul qilindi.
Associated Press nashrining ma'lum qilishicha, sotuv haqidagi e'lon gazetada paydo bo‘lgan. Sotuvga xizmatdagi Dassault Falcon 7x va biznes-klass samolyoti Beechcraft 4000 qo‘yilgan.
Ma'lum qilinishicha, Buxoriy o‘z aviaparkidagi 11 nusxani sotuvga qo‘ygan.
Neft narxining tushishi oqibatida Nigeriyada inflyatsiya darajasi ikki baravarga oshdi. Bundan tashqari, mamlakatdagi murakkab iqtisodiy vaziyat xorijiy valyutalar tanqisligini ham keltirib chiqardi.
Mavzuga oid
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
09:54 / 22.12.2025
Nigeriyada jangarilar qo‘lidan yana 130 nafar maktab o‘quvchisi ozod qilindi
09:37 / 08.12.2025
Nigeriya: jangari guruh qo‘lidan 100 nafar maktab o‘quvchisi qutqarildi
07:36 / 04.12.2025