Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi M.Abdusalomovning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining loyihalar koordinatori Jon Makgregor bilan uçraşuvi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritiş böyiça Respublika matbuot markazi xabar bermoqda.

Uçraşuvda M.Abdusalomov Markaziy va okrug saylov komissiyalari tomonidan şu yilning 4 dekabr kuni bölib ötadigan Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça asosiy tadbirlar dasturi doirasida amalga oşirilayotgan işlar haqida qisqaça axborot berdi.

Markaziy saylov komissiyasini vakillari Ispaniya, Fransiya, Daniya, Buyuk Britaniya saylov amaliyoti bilan yaqindan tanişiş, şu jumladan, saylovçilarning yagona elektron reyestrini yaratiş böyiça xorijiy tajribani örganiş imkoniga ega bölişdi.

Qayd etilganidek, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi Özbekistonda parlament va Prezident saylovlariga tayyorgarlik köriş va ularni ötkaziş jarayoni yuzasidan bir neça marta kuzatuv olib bordi. Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiçabyurosi şu yilning 11-14 oktabr kunlari Ehtiyojlarni baholaş missiyasini yuborişga qaror qildi.

Uçraşuvda özaro hamkorlikni yanada mustahkamlaş böyiça taraflarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.