AQŞlik harbiylar B61 seriyasidagi ikkita yangi atom bombani sinovdan muvaffaqiyatli ötkazişdi.

AQŞ energetika vazirligi huzuridagi Yadroviy xavfsizlik milliy boşqarmasining ma'lum qilişiça, jangovar zaryadsiz bölgan ikkita modernizatsiyalangan boşqariluvçi B61-7 va B61-11 atom bombalari Nevada ştatidagi poligonda sinovdan ötkazilgan. Bombalar B-2A Spirit strategik bombardimonçi samolyotlaridan taşlangan.  

AQŞ avgustda B61-12 turidagi atom bombalarning yangi versiyasini takomillaştirişning yakuniy bosqiçiga ötişini ma'lum qilgandi. Bu bombalar 2020 yildan seriyali tarzda işlab çiqariladi. 

Avvalroq Rossiya mudofaa vazirligida bu bombalarning sinovi iğvogarlik deb atalgan va öz yadroviy arsenalini modernizatsiya qilayotgan AQŞning harakatlari Vaşingtonning butkul yadroviy qurolsizlanişga intilişi haqidagi gaplariga zid ekanligi ta'kidlab ötilgan.