AQŞ Davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi AQŞ davlat kotibi Jon Kerri Rossiya Suriyada "harbiy jinoyatlar sodir etayotgani" haqida rasman gapirmaganini aytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Kerri bu xalqaro qonunçilik qoidabuzarliklari tegişli ravişda tergov qilinişi kerakligi, çunki ular harbiy jinoyatlar sifatida talqin qilinişi mumkinligi haqida özining samimiy fikrini bildirgan", deb aytdi Kirbi va bunday tergov "BMT va xalqaro hamjamiyat doirasida" ötkazilişi kerakligini qöşimça qildi.
Avvalroq Kerri Rossiya va Suriyaning harakatlariga nisbatan ularning suriyalik tinç aholiga hujumlari sababli harbiy jinoyatlar doirasida tergov boşlaş zarurligini aytgan. Keyinroq Rossiya taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Kerrining bunday bayonotlarining huquqiy oqibatlaridan ogohlantirgan.












