AQŞ Suriyani diniy körinişiga köra bir neça davlat tuzilmalariga parçalab taşlamoqçi, degan fikrni bildirgan Suriya axborot vaziri Ramiz Tarjaman.
«Vaşington Suriyaning zaif davlat bölişini xohlaydi. Uni bölib taşlaş maqsadi ham bor. Xususan, şimolda kurd davlati e'lon qilinganidan söng, aytiş mumkinki, bu ğoya mavjudligini isbotladi. Unga köra, Suriya heç bölmaganda federatsiya yoki konfederatsiyaga aylanişi kerak», — deya vazirning sözlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.
Tarjamanning qayd etişiça, Yaqin Şarqdagi amerikalik strateglar Suriya hududini konfessiyalarga oid belgisiga muvofiq parçalaş niyatidalar.
Avvalroq, Oq uy rasmiy vakili Joş Ernest bayonot berganidek, AQŞ Suriyada vujudga kelgan vaziyat uçun Damaşq va Moskvani tovon tölaşga majbur qiliş maqsadida BMT doirasidan taşqarida siyosat yuritişga ham tayyor.












